O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari J.Fayziyev hamda Xalqaro aloqalar bo‘yicha mutaxassis B.Arginbayev
I. Mazkur yig‘ilishda bir qator masalalar ko‘rib chiqildi:
Markaziy Osiyo Voleybol assosiatsiyasi (CAVA) tomonidan 2024 yilda amalga oshirilgan ishlari natijalari to‘g‘risida federatsiyalar vakillari tomonidan axborot berildi;
yig‘ilishda 14 ta davlat federatsiya va assosiatsiyalari a’zolari, ularning kengashlari va komissiyalari hisobotlari tinglandi;
assosiatsiya boshqaruv kengashi a’zoligiga nomzodlar muhokama etildi;
O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi 2024 yilda Markaziy Osiyo davlatlari orasida medallar jamg‘arish bo‘yicha 2-o‘rinni, musobaqalarni tashkillashtirish bo‘yicha 1-o‘rinni egallab, eng tez rivojlanayotgan federatsiya deb e’tirof etildi hamda maxsus statuetkalari topshirildi;
Markaziy Osiyo Voleybol assosiatsiyasi ijrochi direktori lavozimiga Fayziyev Jamshid Shukrulloyevich nomzodi Markaziy Osiyo voleybol assosiatsiyasi (CAVA) Prezidenti tomonidan taklif etilib, boshqaruv kengashi a’zolari tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi;
Markaziy Osiyo Voleybol assosiatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari J.Fayziyev voleybol sport turini rivojlanishiga va musobaqalarni eng yuqori saviyada tashkillashtirganligi uchun maxsus medal bilan taqdirlandi;
II. Yig‘ilish davomida O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan bir qator amaliy takliflar ilgari surildi:
2025 yil 4-11 iyun kunlari CAVA davlatlari U-19 va U-16 o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi musobaqalarni bir vaqtda o‘tkazish (CAVA Men’s U16 U19 Championships), jahon chempionatini o‘tkazishda katta tajriba bo‘lishini ta’minlaydi;
Shuningdek, ushbu musobaqalar jarayonida Markaziy Osiyo Voleybol assosiatsiyasi (CAVA) prezidenti Muhammad Latif va Osiyo Voleybol konfederatsiyasi (AVC) prezidenti Roman Suzara qatnashib, yurtimizda voleybolni rivojlantirish borasidagi ishlar taqdimoti bilan tanishadi, hududiy voleybol federatsiya ijrochi direktorlari bilan seminar mashg‘ulotlari o‘tkaziladi hamda U-19 jahon chempionati zallari va yotoqxonalari bilan tanishtiriladi.
2025 yil 28-31 may kunlari CAVA bilan hamkorlikda Toshkent shahrida hakamlik seminari o‘tkazish va unda mahalliy hakamlarga xalqaro sertifikatlar berish;
2025 yil noyabr oyida CAVA davlatlarining Oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida talabalar universiadasini Buxoro viloyatida (Zonal Universiade Championship);
2025 yil noyabr oyida CAVA davlatlari Polisiya va Armiya harbiylar jamoalari chempionatini Namangan viloyatida (Zonal Polis-Army Championship) o‘tkazish takliflari kiritildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan kiritilgan barcha takliflar CAVA boshqaruv kengashi a’zolari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
III. Erishilgan kelishuvlar va o‘zaro hamkorlik masalalari:
Voleybol sport turlari bo‘yicha ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish va mamlakatimizda joriy etish maqsadida Yevropa, Osiyo, Janubiy Amerika davlatlari voleybol konfederatsiyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, o‘zaro tajriba almashildi;
Xalqaro Voleybol federatsiyasining yangi saylangan prezidenti Fabio Avezoda, Bosh kotibi Xug Mxutchion, FIVB departament boshliqlari Alis Kesler, Yelizaveta Brax, Xitesh Malxutra, Yu Chao, Osiyo voleybol konfederatsiyasi prezidenti Ramon Suzaralar bilan suhbatlar o‘tkazilib, O‘zbekistonda voleybolni rivojlantirish to‘g‘risida fikr almashildi.
IV. Rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqib, voleybol sport turini O‘zbekistonda yanada rivojlantirish maqsadida taklif etiladi:
voleybol bo‘yicha respublika va jahon musobaqalarini hamda yoshlar bilan olib borilayotgan mashg‘ulotlarni barcha ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish;
har bir mahalla, tuman (shahar) va viloyatlardagi maktablar stadionlarida sohil voleyboli maydonchalarini tashkil etish;
barcha maktablar sport zallarini voleybol sport turi inventarlari bilan ta’minlab, voleybol to‘garaklarini tashkil etish;
voleybol sport turi bilan shug‘ullanayotgan o‘g‘il-qizlar platformasini yaratib, ro‘yxatdan o‘tkazish va doimiy onlayn nazorat qilib borish;
hakamlar va trenerlar bilan har oyda tuman (shahar) kesimida, har ikki oyda viloyat kesimida, har chorakda Respublika miqyosida, har olti oyda Markaziy Osiyo bo‘yicha hamda har yili Osiyo miqyosida seminarlar o‘tkazib, ijobiy natijaga erishganlarni rag‘batlantirib borish;
Respublika bo‘ylab seleksiya ishlarini tashkil etib, bo‘ydor o‘g‘il va qizlarni voleybol to‘garaklariga jalb etish va targ‘ibot qilish;
milliy terma jamoalarning jismoniy, texnik va taktik tayyorgarligini oshirish borasida muntazam shug‘ullanib borish, yuklamalarni ko‘tara olish qobiliyatlariga alohida etibor qaratish;
voleybolga keng ommani qiziqtirish maqsadida musobaqalar oldidan ko‘ngilochar o‘yinlar tashkil etish, voleybol sport kiyimi va to‘plarini tarqatish;
Besh tashabbus Olimpiadasi musobaqalari qamrovini amaldagi 16-21, 22-30 yoshdan 12-16, 17-21 yoshga o‘zgartirish va ular orasidan iqtidorlilarni seleksiya qilish;
Ushbu loyiha bilan AVC prezidenti Ramon Suzara tanishtiriladi va O‘zbekiston Voleybol federatsiyasiga grand ajratilishi muhokoma qilinadi.
O‘zbekistonda xalqaro musobaqalarni viloyatlarda ko‘proq o‘tkazish va yoshlarni ushbu sport turiga ommaviy qiziqtirish;
o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarini voleybol musobaqalari o‘tkaziladigan zallarga o‘lchami mos keladigan zallarda o‘tkazish;
sohil voleyboli bo‘yicha 1 nafar trener boshchiligida 4 nafar qiz va 1 nafar o‘g‘il bolalarni Qatar davlatiga o‘quv yig‘iniga yuborish;
jahon chempionati davridan tomoshabinlarni jalb qilish;
jahon chempionatidan oldin xalqaro mutaxassislar ishtirokida mahalliy trenerlar va hakamlar bilan seminarlar tashkil etish.

13.03.2026
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvida har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan voleybol musobaqasi tashkil etildi.

13.03.2026
Farg‘ona viloyatining bir qator tuman va shaharlarida “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar o‘rtasida voleybol sport turini ommalashtirishga qaratilgan sport musobaqalari tashkil etildi.

13.03.2026
Buxoro viloyatining ayrim hududlarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportni ommalashtirish maqsadida voleybol bo‘yicha turli tadbirlar tashkil etildi.

13.03.2026
Surxondaryo viloyatining bir qator hududlarida “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar o‘rtasida voleybol sport turini ommalashtirishga qaratilgan musobaqalar tashkil etildi. Denov tumanida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida talaba yoshlar hamda ichki ishlar organlari rahbarlariga biriktirilgan alohida toifadagi yoshlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi. Tadbirni Denov tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Sh.A. Narmuratov ochib berdi.

13.03.2026
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida, “Payshanba – Yoshlar kuni” munosabati bilan MMTB tasarrufidagi 42-sonli umumta’lim maktabida 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Tuman IIB boshlig‘i kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

13.03.2026
“Yoshlar kuni” munosabati bilan Zarafshon shahridagi 2-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda voleybol sport turiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida tashkil etildi. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar jamoaviylik, chaqqonlik va sport mahoratini namoyon etib, qizg‘in bahslarda o‘zaro kuch sinashdilar.

12.03.2026
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida haftaning payshanba kuni o‘tkazilayotgan “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida talaba-yoshlar uchun voleybol bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston voleybol federatsiyasi hamda institut o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida o‘tkazildi. Yaqinda imzolangan ushbu memorandum talaba-yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda voleybol sport turini oliy ta’lim muassasalarida keng ommalashtirishga qaratilgan. Ushbu kelishuv doirasida har hafta “Yoshlar kuni”da sport musobaqalari va mahorat darslarini tashkil etish belgilangan.

12.03.2026
Chust tumanida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida voleybol bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazilib, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

11.03.2026
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida voleybol bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan jamoalar ishtirokida o‘tgan mazkur musobaqa bir necha kun davomida yuqori saviyada tashkil etilib, yosh voleybolchilarning mahorati va jamoaviy o‘yinini namoyon etish uchun muhim sport maydoniga aylandi.

11.03.2026
Joriy yilning 5–11-mart kunlari Navoiy viloyatida, “So‘g‘diyona” Jismoniy tarbiya va sport kompleksida voleybol bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda mamlakatimizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan jami 14 ta jamoa chempionlik uchun bahs olib bordi. Bir necha kun davom etgan uchrashuvlar davomida yosh voleybolchilar yuqori sport mahorati, jamoaviy hamjihatlik hamda g‘alabaga bo‘lgan qat’iy intilishlarini namoyon etdilar.

11.03.2026
Namangan davlat universitetining “NamDU” ayollar voleybol jamoasi 2019-yilda tashkil etilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida mamlakatimiz voleyboli rivojiga munosib hissa qo‘shib, o‘zining yuqori sport natijalari bilan e’tiborga tushdi. Jamoa tashkil etilgan dastlabki yiliyoq — 2019-yilda O‘zbekiston Kubogi musobaqalarida ishtirok etishni boshlab, katta sport maydonida tajriba orttira boshladi. Keyingi yillarda esa jamoa izchil rivojlanib, muhim natijalarga erishdi. Xususan, 2022-yilda O‘zbekiston Kubogi musobaqasida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2023-yilda O‘zbekiston chempionatida kumush medal sohibiga aylangan jamoa mamlakat voleybolida o‘zining munosib o‘rnini mustahkamladi.

11.03.2026
Xovos tumani 1-son Sport sport maktabida Sirdaryo viloyatining U-15 qiz bolalar o'rtasida chempionati bo'lib o'tdi. Musobaqa yuqori saviya, kuchli raqobat va chinakam sport bayrami ruhida bo‘lib o‘tdi va har bir uchrashuv tomoshabinlarga katta hayajon ulashdi.