Muzokaralar davomida O‘zbekiston voleybol federatsiyasi tomonidan mamlakatimizda voleybolni ommalashtirish, yoshlar sportini rivojlantirish hamda xalqaro standartlarga mos musobaqalarni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etildi. Xususan, mamlakatimizda muvaffaqiyatli tashkil etilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”, Talabalar ligasi, O‘zbekiston chempionatlari hamda turli yosh toifalaridagi musobaqalar natijasida erishilgan yutuqlar FIVB rahbariyatiga taqdim etildi. Xalqaro federatsiya vakillari ushbu loyihalarni yuqori baholab, O‘zbekistonda voleybolni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarni e’tirof etdi.
Uchrashuvning muhim natijalaridan biri sifatida, FIVB tomonidan 2027-yilda O‘zbekistonda xalqaro o‘quv-mashg‘ulotlar va trenerlar malakasini oshirishga xizmat qiluvchi FIVB Center of Excellence tashkil etish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi. Mazkur markazning ochilishi Markaziy Osiyo mintaqasida voleybol infratuzilmasini rivojlantirish va mutaxassislar tayyorlashda muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda. Ma'lumot uchun ushbu markaz dunyo bo'yicha atigi 14 ta bo'lib 15- yurtimizda ochilishi kutilmoqda. Shuningdek, muzokaralar davomida 2028-yilda bo‘lib o‘tadigan U-21 yosh toifasidagi Jahon chempionatini O‘zbekistonda o‘tkazish masalasi ham muhokama qilindi. O‘zbekiston voleybol federatsiyasi tomonidan ushbu nufuzli musobaqaga mezbonlik qilish bo‘yicha taklif bildirildi va FIVB mutaxassislari tomonidan zarur hujjatlar hamda talablar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Ma’lum qilinishicha, mezbon davlatni aniqlash bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar joriy yilning 18–20 noyabr kunlari Dominikan Respublikasida bo‘lib o‘tadigan FIVB yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi va yakuniy qaror FIVB tomonidan rasman e’lon qilinadi. Bundan tashqari, FIVB vakillari tomonidan sohil voleyboli bo‘yicha Olimpiya o‘yinlariga reyting ochkolarini beruvchi xalqaro turnirlarni O‘zbekistonda tashkil etish yuzasidan ham takliflar ilgari surildi. Ushbu tashabbus mamlakatimizning xalqaro sport taqvimidagi o‘rnini yanada mustahkamlash, sport turizmini rivojlantirish hamda mahalliy sportchilarning yuqori darajadagi musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.Muloqot davomida voleybol infratuzilmasini rivojlantirish, mutaxassislar tayyorlash, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, yoshlar voleyboli va sohil voleybolini yanada ommalashtirish bo‘yicha qator istiqbolli loyihalar muhokama qilindi hamda tomonlar ushbu yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishdilar.Mazkur uchrashuv O‘zbekiston voleybolining xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, yirik musobaqalarni mamlakatimizga jalb etish hamda voleybolni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

16.06.2026
Italiya hozirgi kunda ayollar voleybolida eng dominant jamoalardan biri hisoblanadi. Ular so‘nggi yillarda deyarli barcha yirik turnirlarda chempionlik uchun asosiy favorit bo‘lib kelmoqda.

15.06.2026
Zehra Güneş — zamonaviy ayollar voleybolining eng yorqin yulduzlaridan biri. U 1999-yil 7-iyulda Turkiyada tug‘ilgan va middle blocker (markaziy to‘siqchi) pozitsiyasida o‘ynaydi.

15.06.2026
Volleyball Nations League 2026 rasman start oldi va hozir turnir eng yuqori tempda davom etmoqda. Erkaklar musobaqasi 10-iyundan, ayollar turniri esa 3-iyundan boshlangan.

15.06.2026
Janubiy Koreya terma jamoasi Candon City 2026 turnirida ajoyib o‘yin ko‘rsatib, birinchi marta chempionlikni qo‘lga kiritdi

13.03.2026
Farg‘ona viloyatining bir qator tuman va shaharlarida “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar o‘rtasida voleybol sport turini ommalashtirishga qaratilgan sport musobaqalari tashkil etildi.

13.03.2026
“Yoshlar kuni” munosabati bilan Zarafshon shahridagi 2-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda voleybol sport turiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida tashkil etildi. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar jamoaviylik, chaqqonlik va sport mahoratini namoyon etib, qizg‘in bahslarda o‘zaro kuch sinashdilar.

13.03.2026
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida, “Payshanba – Yoshlar kuni” munosabati bilan MMTB tasarrufidagi 42-sonli umumta’lim maktabida 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Tuman IIB boshlig‘i kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

13.03.2026
Surxondaryo viloyatining bir qator hududlarida “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar o‘rtasida voleybol sport turini ommalashtirishga qaratilgan musobaqalar tashkil etildi. Denov tumanida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida talaba yoshlar hamda ichki ishlar organlari rahbarlariga biriktirilgan alohida toifadagi yoshlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi. Tadbirni Denov tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Sh.A. Narmuratov ochib berdi.

13.03.2026
Buxoro viloyatining ayrim hududlarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportni ommalashtirish maqsadida voleybol bo‘yicha turli tadbirlar tashkil etildi.

13.03.2026
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvida har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan voleybol musobaqasi tashkil etildi.

12.03.2026
Chust tumanida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida voleybol bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazilib, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.