Ozarbayjonlik voleybolchi qizlar Toshkent bo‘ylab sayohat qildi
Mamlakatimizda o‘quv-mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgan Ozarbayjonning 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar terma jamoasi uchun Toshkent shahriga sayohat tashkil etildi.
Dastlab, sportchilar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi muzeyiga tashrif buyurib, mamlakatimiz huquq-tartibot tizimi tarixi va faoliyati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shundan so‘ng, ular Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida bo‘lib, sportning yurtimizdagi rivojlanish tarixi va bugungi yutuqlari bilan yaqindan tanishdilar.
Sayohat davomida mehmonlar uchun milliy taom — osh bilan tantanali tushlik uyushtirildi. Keyingi qismda esa qizlar Tashkent City Mall hamda Magic City majmualarida bo‘lib, shahar manzaralari va dam olish maskanlaridan bahramand bo‘ldilar.
Kun yakunida Ozarbayjonlik sportchilar o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi, san’ati, madaniyati va shahrimiz go‘zalligidan chuqur taassurot olganliklarini bildirdilar.
O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi matbuot xizmati

16.06.2026
Italiya hozirgi kunda ayollar voleybolida eng dominant jamoalardan biri hisoblanadi. Ular so‘nggi yillarda deyarli barcha yirik turnirlarda chempionlik uchun asosiy favorit bo‘lib kelmoqda.

15.06.2026
Zehra Güneş — zamonaviy ayollar voleybolining eng yorqin yulduzlaridan biri. U 1999-yil 7-iyulda Turkiyada tug‘ilgan va middle blocker (markaziy to‘siqchi) pozitsiyasida o‘ynaydi.

15.06.2026
Volleyball Nations League 2026 rasman start oldi va hozir turnir eng yuqori tempda davom etmoqda. Erkaklar musobaqasi 10-iyundan, ayollar turniri esa 3-iyundan boshlangan.

15.06.2026
Janubiy Koreya terma jamoasi Candon City 2026 turnirida ajoyib o‘yin ko‘rsatib, birinchi marta chempionlikni qo‘lga kiritdi

11.06.2026
Joriy yilning 10–11 iyun kunlari O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari Jamshid Fayziyev hamda sohil voleyboli yo‘nalishi raisi o‘rinbosari Kodirali Mamataliyev, Xalqaro aloqalar bo'yicha mutaxassis Orifxon Amirxonov boshchiligidagi delegatsiya Shveysariyada joylashgan Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB) bosh qarorgohida rasmiy uchrashuv va muzokaralarda ishtirok etdi.

13.03.2026
Farg‘ona viloyatining bir qator tuman va shaharlarida “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar o‘rtasida voleybol sport turini ommalashtirishga qaratilgan sport musobaqalari tashkil etildi.

13.03.2026
“Yoshlar kuni” munosabati bilan Zarafshon shahridagi 2-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda voleybol sport turiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida tashkil etildi. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar jamoaviylik, chaqqonlik va sport mahoratini namoyon etib, qizg‘in bahslarda o‘zaro kuch sinashdilar.

13.03.2026
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida, “Payshanba – Yoshlar kuni” munosabati bilan MMTB tasarrufidagi 42-sonli umumta’lim maktabida 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Tuman IIB boshlig‘i kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

13.03.2026
Surxondaryo viloyatining bir qator hududlarida “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar o‘rtasida voleybol sport turini ommalashtirishga qaratilgan musobaqalar tashkil etildi. Denov tumanida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida talaba yoshlar hamda ichki ishlar organlari rahbarlariga biriktirilgan alohida toifadagi yoshlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi. Tadbirni Denov tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Sh.A. Narmuratov ochib berdi.

13.03.2026
Buxoro viloyatining ayrim hududlarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportni ommalashtirish maqsadida voleybol bo‘yicha turli tadbirlar tashkil etildi.

13.03.2026
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvida har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan voleybol musobaqasi tashkil etildi.

12.03.2026
Chust tumanida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida voleybol bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazilib, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.