2-may kuni “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasi doirasida 112 nafar maktab oʻquvchilari uchun IIV Akademiyasida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Tashrif doirasida ular Akademiyaning axborot-resurs markazi, mashgʻulot maydoni, jangovar va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi, muzey hamda vatanparvarlik burchagi bilan tanishdilar. Shuningdek, kursantlar hayoti va ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma'lumotga ega boʻldilar. Tadbir yakunida IIV va Akademiya rahbarlari ishtirokida davra suhbati oʻtkazilib, oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Bundan tashqari, 2025 yil 4-may kuni Ichki ishlar vazirligi Ichki ishlar organlari tarixi muzeyiga tashrif buyurishdi. Ularga ichki ishlar organlari tarixi, ichki ishlar organlarining el-yurt osoyishtaligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyati, bu yoʻlda samarali xizmat qilgan xodimlarning ibratli hayoti va faoliyati, soʻnggi yillarda tizimda amalga oshirilgan islohotlar haqida batafsil ma'lumot berildi. Bu kabi tadbirlar yoshlarda vatanparvarlik, qonunlarga hurmat hissini shakllantirish bilan birga Ichki ishlar organlarining faoliyatiga qiziqish uygʻotishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shuningbek, voleleybol bo'yicha o'tkazilgan musobaqalarini taqdirlash marosimi JAR sport-sog'lomlashtirish markazida bo'lib o'tdi.
Respublika bosqichi natijalariga ko'ra:
• Eng yaxshi hujumchi – Tajimuratov Javoxir (Xorazm)
• Eng yaxshi toʼsiq qoʼyuvchi – Yandashev Mustafo (Samarqand)
• Eng yaxshi toʼp koʼtaruvchi – Kimsanaliev Oyatullo (Fargʼona)
• Eng yaxshi libero – Qaxramonov Fayozjon (Jizzax) lar taqdirlandi.
Jamoalar bo'yicha esa:
🥇 Qoraqalpogʼiston (18-son maktab)
🥈 Qashqadaryo (35-son maktab)
🥉 Navoiy (41-son maktab) natijalari qayd etildi.
G'olib jamoalar zamonaviy turdagi elektron doska va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.
Yoshlarimizni tabriklaymiz va ularga kelgusida omad tilaymiz!

16.06.2026
Italiya hozirgi kunda ayollar voleybolida eng dominant jamoalardan biri hisoblanadi. Ular so‘nggi yillarda deyarli barcha yirik turnirlarda chempionlik uchun asosiy favorit bo‘lib kelmoqda.

15.06.2026
Zehra Güneş — zamonaviy ayollar voleybolining eng yorqin yulduzlaridan biri. U 1999-yil 7-iyulda Turkiyada tug‘ilgan va middle blocker (markaziy to‘siqchi) pozitsiyasida o‘ynaydi.

15.06.2026
Volleyball Nations League 2026 rasman start oldi va hozir turnir eng yuqori tempda davom etmoqda. Erkaklar musobaqasi 10-iyundan, ayollar turniri esa 3-iyundan boshlangan.

15.06.2026
Janubiy Koreya terma jamoasi Candon City 2026 turnirida ajoyib o‘yin ko‘rsatib, birinchi marta chempionlikni qo‘lga kiritdi

11.06.2026
Joriy yilning 10–11 iyun kunlari O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari Jamshid Fayziyev hamda sohil voleyboli yo‘nalishi raisi o‘rinbosari Kodirali Mamataliyev, Xalqaro aloqalar bo'yicha mutaxassis Orifxon Amirxonov boshchiligidagi delegatsiya Shveysariyada joylashgan Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB) bosh qarorgohida rasmiy uchrashuv va muzokaralarda ishtirok etdi.

13.03.2026
Farg‘ona viloyatining bir qator tuman va shaharlarida “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar o‘rtasida voleybol sport turini ommalashtirishga qaratilgan sport musobaqalari tashkil etildi.

13.03.2026
“Yoshlar kuni” munosabati bilan Zarafshon shahridagi 2-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda voleybol sport turiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida tashkil etildi. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar jamoaviylik, chaqqonlik va sport mahoratini namoyon etib, qizg‘in bahslarda o‘zaro kuch sinashdilar.

13.03.2026
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida, “Payshanba – Yoshlar kuni” munosabati bilan MMTB tasarrufidagi 42-sonli umumta’lim maktabida 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Tuman IIB boshlig‘i kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

13.03.2026
Surxondaryo viloyatining bir qator hududlarida “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar o‘rtasida voleybol sport turini ommalashtirishga qaratilgan musobaqalar tashkil etildi. Denov tumanida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida talaba yoshlar hamda ichki ishlar organlari rahbarlariga biriktirilgan alohida toifadagi yoshlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi. Tadbirni Denov tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Sh.A. Narmuratov ochib berdi.

13.03.2026
Buxoro viloyatining ayrim hududlarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportni ommalashtirish maqsadida voleybol bo‘yicha turli tadbirlar tashkil etildi.

13.03.2026
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvida har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan voleybol musobaqasi tashkil etildi.

12.03.2026
Chust tumanida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida voleybol bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazilib, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.