24–25-noyabr kunlari O'zbekiston voleybol federatsiyasi rais o'rinbosari Fayziyev Jamshid Shukurulloyevich ishtirokida Farg‘ona viloyatida voleybol sport turini rivojlantirish, umumta’lim maktablarida voleybol to‘garaklari faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining malakasini oshirish maqsadida qator amaliy ishlar amalga oshirildi.
💠 Tashrif davomida viloyatda voleybolni ommalashtirish bo‘yicha seminar tashkil etilib, unda umumta’lim maktablarida voleybol to‘garaklarini yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilar bilan muntazam shug‘ullanish tizimini kuchaytirish, murabbiylar malakasini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.
🏐 Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi akademik litseyida voleybol to‘garagi yo‘lga qo‘yildi va o‘quvchi-voleybolchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, zarur jihozlar bilan ta’minlash va muntazam mashg‘ulotlar olib borish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tashrif davomida Kasaba uyushmalari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida idoralar va tashkilotlar o‘rtasida voleybol musobaqalarini yo‘lga qo‘yish borasida kelishuvga erishildi.
Viloyatdagi 1 000 ga yaqin maktab direktorlari, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari hamda shahar ta’lim bo‘limi vakillari bilan Zoom platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi. Uchrashuvda barcha maktablarda voleybol to‘garaklarini ochish, mavjud infratuzilmalarda sohil voleybolini rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Bundan tashqari, Farg‘ona davlat universiteti bilan hamkorlikni kengaytirish, sport tadbirlarini qo‘shma tashkillashtirish va murabbiylar tayyorlash bo‘yicha ham qarorlar qabul qilindi.
Tadbirlar yakunida Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i, general-mayor Ikrom Azizjonov Isroilovich boshchiligida tuman boshliqlari va voleybol sport turiga mas’ul xodimlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda oxirgi ikki oy davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi, mavjud yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi hamda har bir mas’ulga kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
O'zbekiston voleybol federatsiyasi matbuot xizmati

16.06.2026
Italiya hozirgi kunda ayollar voleybolida eng dominant jamoalardan biri hisoblanadi. Ular so‘nggi yillarda deyarli barcha yirik turnirlarda chempionlik uchun asosiy favorit bo‘lib kelmoqda.

15.06.2026
Zehra Güneş — zamonaviy ayollar voleybolining eng yorqin yulduzlaridan biri. U 1999-yil 7-iyulda Turkiyada tug‘ilgan va middle blocker (markaziy to‘siqchi) pozitsiyasida o‘ynaydi.

15.06.2026
Volleyball Nations League 2026 rasman start oldi va hozir turnir eng yuqori tempda davom etmoqda. Erkaklar musobaqasi 10-iyundan, ayollar turniri esa 3-iyundan boshlangan.

15.06.2026
Janubiy Koreya terma jamoasi Candon City 2026 turnirida ajoyib o‘yin ko‘rsatib, birinchi marta chempionlikni qo‘lga kiritdi

11.06.2026
Joriy yilning 10–11 iyun kunlari O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari Jamshid Fayziyev hamda sohil voleyboli yo‘nalishi raisi o‘rinbosari Kodirali Mamataliyev, Xalqaro aloqalar bo'yicha mutaxassis Orifxon Amirxonov boshchiligidagi delegatsiya Shveysariyada joylashgan Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB) bosh qarorgohida rasmiy uchrashuv va muzokaralarda ishtirok etdi.

13.03.2026
Farg‘ona viloyatining bir qator tuman va shaharlarida “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar o‘rtasida voleybol sport turini ommalashtirishga qaratilgan sport musobaqalari tashkil etildi.

13.03.2026
“Yoshlar kuni” munosabati bilan Zarafshon shahridagi 2-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda voleybol sport turiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida tashkil etildi. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar jamoaviylik, chaqqonlik va sport mahoratini namoyon etib, qizg‘in bahslarda o‘zaro kuch sinashdilar.

13.03.2026
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida, “Payshanba – Yoshlar kuni” munosabati bilan MMTB tasarrufidagi 42-sonli umumta’lim maktabida 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Tuman IIB boshlig‘i kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

13.03.2026
Surxondaryo viloyatining bir qator hududlarida “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar o‘rtasida voleybol sport turini ommalashtirishga qaratilgan musobaqalar tashkil etildi. Denov tumanida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida talaba yoshlar hamda ichki ishlar organlari rahbarlariga biriktirilgan alohida toifadagi yoshlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi. Tadbirni Denov tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Sh.A. Narmuratov ochib berdi.

13.03.2026
Buxoro viloyatining ayrim hududlarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportni ommalashtirish maqsadida voleybol bo‘yicha turli tadbirlar tashkil etildi.

13.03.2026
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvida har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan voleybol musobaqasi tashkil etildi.

12.03.2026
Chust tumanida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida voleybol bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazilib, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.