footer_logo
    • Biz haqimizda
    • Yangiliklar
    • Rahbariyat
    • Sport
      • Trener
      • Terma jamoa
      • Voleybol
      • Sohil voleybol
    • Media

    +998 95 745 02 00

    info@vollebol.uz

    media-dprt@vollebol.uz

    sport-dprt@vollebol.uz

    int-dprt@vollebol.uz

    Markaziy jar sport kompleksi, Toshkent shaxar, Beruniy ko'chasi 3a uy

    telegramyoutubeinstagramfacebook
    logo
    • Bosh sahifa
    • Biz haqimizda
    • Yangiliklar
    • Rahbariyat
    • Reyting
    • Media

    Buxoro — VOLEYBOL MAYDONLARIDA MUTLAQ YETAKCHI!

    17.12.2025

    Buxoro davlat universiteti voleybol jamoalari respublika miqyosidagi nufuzli musobaqalarda yuksak natijalarga erishdi. Jumladan, qizlar o‘rtasida U20 O‘zbekiston kubogi hamda o‘g‘il bolalar o‘rtasida U21 O‘zbekiston chempionati musobaqalarida Buxoro terma jamoalari qizlar va yigitlar o‘rtasida mutlaq g‘olib bo‘ldi.

    Musobaqalar yakuniga bag‘ishlangan tantanali taqdirlash marosimi keng jamoatchilik ishtirokida o‘tkazildi. Unda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi viloyat rahbariyati, Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov boshchiligidagi universitet jamoasi, sport mutaxassislari hamda muxlislar ishtirok etdilar.

    Tadbir davomida g‘olib sportchilar, murabbiylar va jamoa a’zolari faxriy yorliqlar, kubok va esdalik sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandi. Rasmiy nutqlarda Buxoro voleybol jamoalarining respublika miqyosidagi muvaffaqiyati yuqori baholanib, kelgusida xalqaro musobaqalarda ham munosib ishtirok etishlariga ishonch bildirildi.

    Ushbu tarixiy g‘alaba Buxoro davlat universitetining sport sohasidagi nufuzi va salohiyatini yana bir bor namoyon etib, talaba-yoshlar uchun yuksak motivatsiya manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar

    image
    calendar

    13.03.2026

    Qoraqalpog‘istonda “Yoshlar kuni” doirasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi

    Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvida har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan voleybol musobaqasi tashkil etildi.

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    13.03.2026

    Farg‘ona viloyatida “Yoshlar kuni” doirasida keng doirada voleybol musobaqalari o‘tkazildi

    Farg‘ona viloyatining bir qator tuman va shaharlarida “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar o‘rtasida voleybol sport turini ommalashtirishga qaratilgan sport musobaqalari tashkil etildi.

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    13.03.2026

    Buxoro viloyatida voleybol tadbirlari o‘tkazildi

    Buxoro viloyatining ayrim hududlarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportni ommalashtirish maqsadida voleybol bo‘yicha turli tadbirlar tashkil etildi.

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    13.03.2026

    Surxondaryo viloyatida ham voleybol musobaqalari o‘tkazildi

    Surxondaryo viloyatining bir qator hududlarida “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar o‘rtasida voleybol sport turini ommalashtirishga qaratilgan musobaqalar tashkil etildi. Denov tumanida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida talaba yoshlar hamda ichki ishlar organlari rahbarlariga biriktirilgan alohida toifadagi yoshlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi. Tadbirni Denov tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Sh.A. Narmuratov ochib berdi.

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    13.03.2026

    Jizzax viloyatida ham voleybol musobaqasi o‘tkazildi

    Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida, “Payshanba – Yoshlar kuni” munosabati bilan MMTB tasarrufidagi 42-sonli umumta’lim maktabida 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Tuman IIB boshlig‘i kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    13.03.2026

    Navoiy viloyatida voleybol musobaqasi tashkil etildi

    “Yoshlar kuni” munosabati bilan Zarafshon shahridagi 2-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda voleybol sport turiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida tashkil etildi. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar jamoaviylik, chaqqonlik va sport mahoratini namoyon etib, qizg‘in bahslarda o‘zaro kuch sinashdilar.

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    12.03.2026

    Milliy rassomlik va dizayn institutida voleybol bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi

    Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida haftaning payshanba kuni o‘tkazilayotgan “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida talaba-yoshlar uchun voleybol bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston voleybol federatsiyasi hamda institut o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida o‘tkazildi. Yaqinda imzolangan ushbu memorandum talaba-yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda voleybol sport turini oliy ta’lim muassasalarida keng ommalashtirishga qaratilgan. Ushbu kelishuv doirasida har hafta “Yoshlar kuni”da sport musobaqalari va mahorat darslarini tashkil etish belgilangan.

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    12.03.2026

    Namangan viloyatida “Yoshlar kuni” doirasida voleybol musobaqalari o‘tkazildi

    Chust tumanida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida voleybol bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazilib, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    11.03.2026

    Nukusda U-17 qizlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati yakuniga yetdi

    Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida voleybol bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan jamoalar ishtirokida o‘tgan mazkur musobaqa bir necha kun davomida yuqori saviyada tashkil etilib, yosh voleybolchilarning mahorati va jamoaviy o‘yinini namoyon etish uchun muhim sport maydoniga aylandi.

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    11.03.2026

    NAVOIY VILOYATI — U-17 O‘SMIRLAR O‘RTASIDA O‘ZBEKISTON CHEMPIONI

    Joriy yilning 5–11-mart kunlari Navoiy viloyatida, “So‘g‘diyona” Jismoniy tarbiya va sport kompleksida voleybol bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda mamlakatimizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan jami 14 ta jamoa chempionlik uchun bahs olib bordi. Bir necha kun davom etgan uchrashuvlar davomida yosh voleybolchilar yuqori sport mahorati, jamoaviy hamjihatlik hamda g‘alabaga bo‘lgan qat’iy intilishlarini namoyon etdilar.

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    11.03.2026

    “NamDU” jamoasi — yutuqlar sari dadil odimlar

    Namangan davlat universitetining “NamDU” ayollar voleybol jamoasi 2019-yilda tashkil etilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida mamlakatimiz voleyboli rivojiga munosib hissa qo‘shib, o‘zining yuqori sport natijalari bilan e’tiborga tushdi. Jamoa tashkil etilgan dastlabki yiliyoq — 2019-yilda O‘zbekiston Kubogi musobaqalarida ishtirok etishni boshlab, katta sport maydonida tajriba orttira boshladi. Keyingi yillarda esa jamoa izchil rivojlanib, muhim natijalarga erishdi. Xususan, 2022-yilda O‘zbekiston Kubogi musobaqasida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2023-yilda O‘zbekiston chempionatida kumush medal sohibiga aylangan jamoa mamlakat voleybolida o‘zining munosib o‘rnini mustahkamladi.

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    11.03.2026

    U-15 Qiz bolalar o‘rtasida Sirdaryo viloyati chempionati

    Xovos tumani 1-son Sport sport maktabida Sirdaryo viloyatining U-15 qiz bolalar o'rtasida chempionati bo'lib o'tdi. Musobaqa yuqori saviya, kuchli raqobat va chinakam sport bayrami ruhida bo‘lib o‘tdi va har bir uchrashuv tomoshabinlarga katta hayajon ulashdi.

    Batafsil ma’lumotright arrow