Shveysariyaning Lozanna shahrida o‘tkazilgan Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB) Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi 7- iyul sanasi Butunjahon voleybol kuni sifatida nishonlash to‘g‘risidagi qarorni tasdiqladi. Xalqaro olimpiya qo‘mitasining amaldagi Prezidenti Tomas Bax va XOQning yangi saylangan prezidenti Kirsti Koventri, shuningdek, Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB) Ijroiya qo‘mitasi a’zolari qatnashgan yig‘ilish davomida joriy 2025- yili erkaklar va ayollar o‘rtasidagi, shuningdek, U17, U19 va U21 yosh toifalaridagi jahon chempionatlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari tahlil etildi.
Yig‘ilishda 2025 yilgi voleybol va sohil voleyboli bo‘yicha qiziqarli tadbirlar taqvimi to‘liq tanishtirildi. Asosiy chempionatlar qatoriga Filippin va Tailandda bo‘lib o‘tadigan erkaklar va ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati, sohil voleyboli bo‘yicha 2025 yili Avstraliyaning Adelaida shahridagi jahon chempionati, U19 o‘smirlar o‘rtasida Toshkentda va U19 qizlar o‘rtasida Belgradda bo‘ladigan jahon chempionati kabi nufuzli musobaqalar tilga olindi.
Yangi taklif kiritilgan tadbirlar toifalari sonini kengaytiradi va milliy terma jamoalar ishtirokini oshirishga yordam beradi. Bu, jamoalarning texnik ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri baholashni ta’minlaydi hamda ularning taraqqiyoti va rivojlanishini kuzatish uchun ishonchli vosita hisoblanadi.
Yangi tuzilmaga ko‘ra, har bir qit’a voleybol konfederatsiyasi jahon reytingiga ikki yillik kontinental tadbirlarni kiritishi mumkin, har bir zona uyushmasi esa bir yillik mintaqaviy tadbirni o‘z ichiga olishi bilan ahamiyatli. Jahon reyting ochkolariga ega bo‘lish uchun kamida to‘rtta kattalar terma jamoasi rasmiy musobaqalarda qatnashishi lozim bo‘ladi.
Yana bir muhim o‘zgarish jamoaning harakatsizligi bilan bog‘liq. Ilgari jamoalar musobaqasiz bir yil o‘tgandan so‘ng faol emas deb hisoblanardi. Kengash ma’qullaganidan keyin bu muddat 2025 yildan boshlab ikki yilga uzaytirildi.
Ijroiya qo‘mita Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB)ning 2026 yilgi 40-kongressi Dominikan respublikasida o‘tishini tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, voleybol bo‘yicha U19 o‘smirlar jamoalari o‘rtasida O‘zbekistonda bo‘ladigan jahon chempionati joriy yilning 24 iyul-3 avgust kunlari tashkil etilishi belgilangan. Unda dunyoning 24 davlat terma jamoasi ishtirok etadi.

16.06.2026
Italiya hozirgi kunda ayollar voleybolida eng dominant jamoalardan biri hisoblanadi. Ular so‘nggi yillarda deyarli barcha yirik turnirlarda chempionlik uchun asosiy favorit bo‘lib kelmoqda.

15.06.2026
Zehra Güneş — zamonaviy ayollar voleybolining eng yorqin yulduzlaridan biri. U 1999-yil 7-iyulda Turkiyada tug‘ilgan va middle blocker (markaziy to‘siqchi) pozitsiyasida o‘ynaydi.

15.06.2026
Volleyball Nations League 2026 rasman start oldi va hozir turnir eng yuqori tempda davom etmoqda. Erkaklar musobaqasi 10-iyundan, ayollar turniri esa 3-iyundan boshlangan.

15.06.2026
Janubiy Koreya terma jamoasi Candon City 2026 turnirida ajoyib o‘yin ko‘rsatib, birinchi marta chempionlikni qo‘lga kiritdi

11.06.2026
Joriy yilning 10–11 iyun kunlari O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari Jamshid Fayziyev hamda sohil voleyboli yo‘nalishi raisi o‘rinbosari Kodirali Mamataliyev, Xalqaro aloqalar bo'yicha mutaxassis Orifxon Amirxonov boshchiligidagi delegatsiya Shveysariyada joylashgan Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB) bosh qarorgohida rasmiy uchrashuv va muzokaralarda ishtirok etdi.

13.03.2026
Farg‘ona viloyatining bir qator tuman va shaharlarida “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar o‘rtasida voleybol sport turini ommalashtirishga qaratilgan sport musobaqalari tashkil etildi.

13.03.2026
“Yoshlar kuni” munosabati bilan Zarafshon shahridagi 2-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda voleybol sport turiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida tashkil etildi. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar jamoaviylik, chaqqonlik va sport mahoratini namoyon etib, qizg‘in bahslarda o‘zaro kuch sinashdilar.

13.03.2026
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida, “Payshanba – Yoshlar kuni” munosabati bilan MMTB tasarrufidagi 42-sonli umumta’lim maktabida 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Tuman IIB boshlig‘i kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

13.03.2026
Surxondaryo viloyatining bir qator hududlarida “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar o‘rtasida voleybol sport turini ommalashtirishga qaratilgan musobaqalar tashkil etildi. Denov tumanida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida talaba yoshlar hamda ichki ishlar organlari rahbarlariga biriktirilgan alohida toifadagi yoshlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi. Tadbirni Denov tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Sh.A. Narmuratov ochib berdi.

13.03.2026
Buxoro viloyatining ayrim hududlarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportni ommalashtirish maqsadida voleybol bo‘yicha turli tadbirlar tashkil etildi.

13.03.2026
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvida har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan voleybol musobaqasi tashkil etildi.

12.03.2026
Chust tumanida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida voleybol bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazilib, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.