footer_logo
    • Biz haqimizda
    • Yangiliklar
    • Rahbariyat
    • Sport
      • Trener
      • Terma jamoa
      • Voleybol
      • Sohil voleybol
    • Media

    +998 95 745 02 00

    info@vollebol.uz

    media-dprt@vollebol.uz

    sport-dprt@vollebol.uz

    int-dprt@vollebol.uz

    Markaziy jar sport kompleksi, Toshkent shaxar, Beruniy ko'chasi 3a uy

    telegramyoutubeinstagramfacebook
    logo
    • Bosh sahifa
    • Biz haqimizda
    • Yangiliklar
    • Rahbariyat
    • Reyting
    • Media

    O‘zbekiston Chempionati oliy ligasi yakunlandi

    28.06.2025
    carousel-image-0
    carousel-image-1
    carousel-image-2

    Joriy yilning 10-fevralidan boshlangan chempionat bugun o'z nihoyasiga yetdi.

    21–28 iyun kunlari Toshkent shahridagi Jar sport sog‘lomlashtirish markazi yana bir bor yirik sport tadbiriga mezbonlik qildi. Musobaqada erkaklardan 20 ta va ayollardan 14 ta jamoalar ishtirok etib, O‘zbekiston Chempionligi uchun kurashdi. Har ikki toifada jami 400 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etdi.

    carousel-image-0
    carousel-image-1

    Ayollar jamoasi:

     1-o’rin “ADPI” terma jamoasi

    2-o’rin “NamDU” terma jamoasi

    3-o’rin “BuxDU” terma jamoasi

    Erkaklar jamoasi:

    1-o’rin Road Patrul terma jamoasi

    2-o’rin Matonat terma jamoasi

    3-o’rin Uztelekom terma jamoasi

    carousel-image-0
    carousel-image-1
    carousel-image-2

    Bundan tashqari nominatsiyalar orqali ham voleybolchilar taqdirlanishdi.

     Eng yaxshi to‘p uzatuvchi – “Matonat” terma jamoasi a’zosi Nasiba Jamolova, “Uztelecom” terma jamoasi a’zosi Murodov Mirziyod

    Eng yaxshi libero - “Milliy Gvardiya” terma jamoasi a’zosi Gulnoza Rahimova, “Road Patrul” terma jamoasi a’zosi Odilbekov Sherzod

    Eng yaxshi to‘siq qo‘yuvchi – “BuxDU” terma jamoasi a’zosi Farangiz Murodova, “Uztelecom” terma jamoasi a’zosi Varzilov Artyom

    Eng yaxshi hujumchi - “NamDU” terma jamoasi a’zosi Boymirzayeva Dilnoza, “Matonat” terma jamoasi a’zosi Abdullayev Botir

    Eng yaxshi o‘yinchi - “ADPI” terma jamoasi a’zosi Abdusamatova Zeboxon, “Road Patrul” terma jamoasi a’zosi Ismoilov Farrux

    carousel-image-0
    carousel-image-1
    carousel-image-2

    Musobaqa g‘oliblari uchun sovg‘alar va diplomlar:

    Birinchi o‘rin — noutbuk, diplom, medal va esdalik sovg‘asi.

    Ikkinchi o‘rin — planshet, diplom, medal va esdalik sovg‘asi.

    Uchinchi o‘rin — smartfon, diplom, medal va esdalik sovg‘asi.

                                                                                                           O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar

    image
    calendar

    13.03.2026

    Qoraqalpog‘istonda “Yoshlar kuni” doirasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi

    Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvida har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan voleybol musobaqasi tashkil etildi.

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    13.03.2026

    Farg‘ona viloyatida “Yoshlar kuni” doirasida keng doirada voleybol musobaqalari o‘tkazildi

    Farg‘ona viloyatining bir qator tuman va shaharlarida “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar o‘rtasida voleybol sport turini ommalashtirishga qaratilgan sport musobaqalari tashkil etildi.

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    13.03.2026

    Buxoro viloyatida voleybol tadbirlari o‘tkazildi

    Buxoro viloyatining ayrim hududlarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportni ommalashtirish maqsadida voleybol bo‘yicha turli tadbirlar tashkil etildi.

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    13.03.2026

    Surxondaryo viloyatida ham voleybol musobaqalari o‘tkazildi

    Surxondaryo viloyatining bir qator hududlarida “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar o‘rtasida voleybol sport turini ommalashtirishga qaratilgan musobaqalar tashkil etildi. Denov tumanida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida talaba yoshlar hamda ichki ishlar organlari rahbarlariga biriktirilgan alohida toifadagi yoshlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi. Tadbirni Denov tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Sh.A. Narmuratov ochib berdi.

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    13.03.2026

    Jizzax viloyatida ham voleybol musobaqasi o‘tkazildi

    Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida, “Payshanba – Yoshlar kuni” munosabati bilan MMTB tasarrufidagi 42-sonli umumta’lim maktabida 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Tuman IIB boshlig‘i kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    13.03.2026

    Navoiy viloyatida voleybol musobaqasi tashkil etildi

    “Yoshlar kuni” munosabati bilan Zarafshon shahridagi 2-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda voleybol sport turiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida tashkil etildi. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar jamoaviylik, chaqqonlik va sport mahoratini namoyon etib, qizg‘in bahslarda o‘zaro kuch sinashdilar.

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    12.03.2026

    Milliy rassomlik va dizayn institutida voleybol bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi

    Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida haftaning payshanba kuni o‘tkazilayotgan “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida talaba-yoshlar uchun voleybol bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston voleybol federatsiyasi hamda institut o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida o‘tkazildi. Yaqinda imzolangan ushbu memorandum talaba-yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda voleybol sport turini oliy ta’lim muassasalarida keng ommalashtirishga qaratilgan. Ushbu kelishuv doirasida har hafta “Yoshlar kuni”da sport musobaqalari va mahorat darslarini tashkil etish belgilangan.

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    12.03.2026

    Namangan viloyatida “Yoshlar kuni” doirasida voleybol musobaqalari o‘tkazildi

    Chust tumanida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida voleybol bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazilib, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    11.03.2026

    Nukusda U-17 qizlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati yakuniga yetdi

    Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida voleybol bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan jamoalar ishtirokida o‘tgan mazkur musobaqa bir necha kun davomida yuqori saviyada tashkil etilib, yosh voleybolchilarning mahorati va jamoaviy o‘yinini namoyon etish uchun muhim sport maydoniga aylandi.

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    11.03.2026

    NAVOIY VILOYATI — U-17 O‘SMIRLAR O‘RTASIDA O‘ZBEKISTON CHEMPIONI

    Joriy yilning 5–11-mart kunlari Navoiy viloyatida, “So‘g‘diyona” Jismoniy tarbiya va sport kompleksida voleybol bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda mamlakatimizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan jami 14 ta jamoa chempionlik uchun bahs olib bordi. Bir necha kun davom etgan uchrashuvlar davomida yosh voleybolchilar yuqori sport mahorati, jamoaviy hamjihatlik hamda g‘alabaga bo‘lgan qat’iy intilishlarini namoyon etdilar.

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    11.03.2026

    “NamDU” jamoasi — yutuqlar sari dadil odimlar

    Namangan davlat universitetining “NamDU” ayollar voleybol jamoasi 2019-yilda tashkil etilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida mamlakatimiz voleyboli rivojiga munosib hissa qo‘shib, o‘zining yuqori sport natijalari bilan e’tiborga tushdi. Jamoa tashkil etilgan dastlabki yiliyoq — 2019-yilda O‘zbekiston Kubogi musobaqalarida ishtirok etishni boshlab, katta sport maydonida tajriba orttira boshladi. Keyingi yillarda esa jamoa izchil rivojlanib, muhim natijalarga erishdi. Xususan, 2022-yilda O‘zbekiston Kubogi musobaqasida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2023-yilda O‘zbekiston chempionatida kumush medal sohibiga aylangan jamoa mamlakat voleybolida o‘zining munosib o‘rnini mustahkamladi.

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    11.03.2026

    U-15 Qiz bolalar o‘rtasida Sirdaryo viloyati chempionati

    Xovos tumani 1-son Sport sport maktabida Sirdaryo viloyatining U-15 qiz bolalar o'rtasida chempionati bo'lib o'tdi. Musobaqa yuqori saviya, kuchli raqobat va chinakam sport bayrami ruhida bo‘lib o‘tdi va har bir uchrashuv tomoshabinlarga katta hayajon ulashdi.

    Batafsil ma’lumotright arrow